Jamiyat
Statistika agentligi tomonidan Oʻzbekistonda 2025-yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari miqdori kishi boshiga bir oy uchun 669 ming soʻm qilib belgilanganidan xabaringiz bor. Natijada ayrim turdagi nafaqalari miqdori koʻtarilishi mumkin.
Jumladan:
▪️ oʻzgalar parvarishiga muhtoj boʻlgan yolgʻiz keksalar va oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz nogironligi boʻlgan 7,4 ming shaxslarning har oylik moddiy yordam pullari amaldagi 648 ming soʻmdan 669 ming soʻmgacha (+ 21 ming soʻm) oshadi;
▪️ xususiy sektorda ishlovchi ayollarga Ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasidan toʻlanadigan homiladorlik va tugʻish nafaqalari miqdoriga 84 ming soʻm qoʻshiladi (Umumiy 2 mln 676 ming soʻmni tashkil etadi).
Maʼlum boʻlishicha, yil yakuniga qadar daromadi jon boshiga (648 ming soʻmdan 669 ming soʻmgacha) boʻlgan qoʻshimcha 28 ming oila kam taʼminlangan oila sifatida nafaqa olish huquqi paydo boʻladi.
Xabarga koʻra, minimal isteʼmol xarajatlari miqdorini 669 ming soʻmga yetkazish natijasida ijtimoiy toʻlovlarni moliyalashtirish uchun joriy yil yakuniga qadar jami 87,0 mlrd soʻm yoʻnaltiriladi.
Maʼlumot uchun, pensiya va pensiya olish uchun talab qilingan ish stajiga ega boʻlmagan nafaqa oluvchilarning pensiya va nafaqa miqdorlari belgilangan minimal isteʼmol xarajatlari — 669 ming soʻmdan kam emas. Shuning sababli bu turdagi nafaqalarning miqdori oshirilmaydi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q