Jamiyat
Oʻzbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari qiymati (MIX) qayta hisoblab chiqildi.
Statistika agentligining bergan xabariga koʻra, 2025-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming soʻmni tashkil etdi(2024-yil 1-mayda eʼlon qilingan qiymat 648 soʻm boʻlgan). Mazkur miqdorni belgilashda 2024-yil dekabr oyida (may oyiga nisbatan) hisoblangan isteʼmol narxlari indeksidan kelib chiqilgan.
Maʼlumot uchun, minimal isteʼmol xarajatlari qiymatini hisoblash tartibiga asosan, kelgusi yil uchun minimal isteʼmol xarajatlari oziq-ovqat, nooziq-ovqat, mahsulotlari va xizmatlar narxlari darajasidan kelib chiqib, indeksatsiya qilib boriladi.
Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichdan:
▪️ davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʻmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
▪️ kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
▪️ pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112183
Jamiyat
94866
Jamiyat
90942
Jamiyat
75723
Jamiyat
//
Izoh yo‘q