Jamiyat
Andijon tumanida kitob oʻqigan onalarga kommunal toʻlovlarni toʻlab berish amaliyoti joriy etilishi mumkin. Bu haqda tuman hokimi Boburjon Yoʻldashev maʼlum qildi.
Yoʻldashevning soʻzlariga koʻra, “Maʼrifatli ona” kitobxonlik tanlovi 20 yoshdan 45 yoshgacha boʻlgan onalar oʻrtasida boʻlib oʻtadi.
“Umumiy oilamizning 10 foizini qamrab olib, kitobxonlik tanlovida qatnashtiraylik. Mana shuni oʻqigandan keyin, avvalo, dunyoqarashi oʻzgaradi va otasi bilan onasi kitob oʻqib yurganini koʻrgan bola, albatta, uyda kechqurun oʻzi ham kitob oʻqiydi. (Tanlov) mahallalar kesimida boʻladi. Har bitta mahalladan bittadan gʻolib oila chiqadi. Keyin sektor boʻyicha va keyin tuman bosqichi boʻladi”, deydi hokim.
Tanlovning tuman bosqichida 1-oʻrinni olgan jami 3 nafar onaga 6 oylik elektr, gaz, ichimlik suvi va boshqa turdagi kommunal toʻlovlarga vaucher beriladi.
Shuningdek, yana 3 nafar 2-oʻrin sohibasiga 4 oylik, 3 nafar 3-oʻrin egasiga 2 oylik kommunal toʻlovlar uchun vaucherlar taqdim etiladi.
Oldinroq Oʻzbekistonda kitob oʻqigan mahbuslarning jazo muddati qisqartirilishi taklif etilgani xabar qilingan edi.
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q