Jamiyat
Xorijiy tajribadan kelib chiqib, “Milliy tiklanish” partiyasi bir necha yillardan buyon kitobxon mahkumlarning jazo muddatini qisqartirish taklifini ilgari surib kelayotganini maʼlum qildi. Taʼkidlanishicha, “nihoyat bu boʻyicha qonun loyihasi ishlab chiqilgan”.
Unga koʻra, tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha 1 ta kitob oʻqigan va belgilangan imtihonni topshirgan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bu jarayonda maʼlum chegara boʻlib, yiliga koʻpi bilan 10 ta kitob oʻqish mumkin boʻladi.
Mahkumlar oʻqiydigan adabiyotlar roʻyxati Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan tavsiya etiladi.
Bu tashabbus orqali mahbuslarning bilim va madaniyatini oshirish, ijtimoiy adaptatsiyasini yaxshilash va jazo muddatini oʻtkazish jarayonida ularga ruhiy hamda axloqiy rivojlanishga koʻmaklashish maqsad qilingan.
“Kitob oʻqish nafaqat ular uchun yangi bilimlarni egallash imkoniyatini yaratadi, balki ular oʻzlarini qayta tarbiyalash va jazo jarayonidan chiqish uchun ijobiy oʻzgarishlar kiritishga undaydi”, deb yozadi partiya aʼzolaridan biri.
Maʼlumot uchun, mahkumlar uchun adabiyotlar roʻyxati, shuningdek, ular oʻqishi lozim boʻlgan kitoblar va imtihonlar oʻzgarib turishi mumkin.
Hozirda ushbu tizim orqali mahkumlar uchun motivatsiya yaratish va jazo muddatini qisqartirishning yangi usuli “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan taklif etilmoqda.
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q