Jamiyat
PISA 2025 tadqiqotida qatnashish uchun xalqaro tashkilotlar tomonidan Oʻzbekistondagi 233 ta maktab tasodifiylik tamoyili asosida tanlab olindi.
Endilikda mazkur taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan 9050 nafar 15 yoshli oʻquvchi tadqiqotda ishtirok etadi.
Taʼkidlanishicha, 2025-yildagi tadqiqotda dunyoning 91 ta mamlakatlari qatorida Oʻzbekiston maktablarining munosib ishtirokini taʼminlash uchun Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) bilan hamkorlikda qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Tadqiqot jarayonlari 2025-yilning aprel va may oylarida oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, sinovlar kompyuter yordamida onlayn tarzda tashkil qilinadi.
Maʼlumot uchun, 2022-yildagi tadqiqotda jami 81 ta davlat ishtirok etgan edi. Unda Oʻzbekistondan 202 ta maktab tanlab olingan va ulardan 7 293 nafar oʻquvchi tadqiqotda qatnashgan.
Oʻshanda taqdim qilingan maʼlumotda oʻqituvchilar oʻquvchilarni qiziqtira olmayotgani aytilgan. Jumladan, oʻquvchilarning 25 foizi darslarda oʻqituvchini tinglamaganligini bildirgan. Bunda oʻqituvchilarning bilim darajasiga ham eʼtibor qaratilgan. Masalan, tahlil yakunida 2022-yilda attestatsiyaga hujjat topshirgan 294,1 ming nafar pedagogning 7 foizi, yaʼni 20,3 ming nafari oʻqituvchilik lavozimiga loyiq emasligi aniqlangan.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q