Jamiyat
PISA testi natijalariga koʻra, Oʻzbekistonda oʻquvchilarning 25 foizi darslarda oʻqituvchini tinglamaganligini bildirgan. Bu haqida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti maʼlum qildi.
Xabarda aytilishicha, garchi oʻquvchining tinglamasligi IHTT(Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti) davlatlari orasidagi oʻrtacha koʻrsatkichga nisbatan past boʻlsa-da, bu oʻqituvchilar oʻquvchilarni qiziqtira olmayotganidan dalolat beradi.
Maʼlumotga koʻra, 2022-yilda 294,1 ming nafar oʻqituvchini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonida ularning 7 foizi, yaʼni 20,3 ming nafari oʻqituvchilik lavozimiga loyiq emasligi aniqlangan.
PISA natijalariga koʻra, attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchilar soni koʻp boʻlishi test natijalariga ijobiy taʼsir qiladi, yaʼni sertifikatlarga ega boʻlgan va attestatsiyadan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻqituvchilarning oʻquvchilari bilim darajasi yuqori boʻladi.
PISAga koʻra, 2018-2022 yillar oraligʻida Oʻzbekistonda matematika fanidan attestatsiyadan oʻtgan oʻqituvchilar soni oʻzgarishsiz qolgan.
PISAda ishtirok etgan oʻzbekistonlik oʻqituvchilarning bor yoʻgʻi 24,6 foizi xalqaro va unga tenglashtirilgan mahalliy sertifikatga ega.
Oʻzbekiston PISAda ishtirok etgan davlatlar orasida bu koʻrsatkich boʻyicha oxirgidan bitta oldingi oʻrinni egallamoqda. Bu esa oʻz navbatida test natijalariga salbiy taʼsir koʻrsatgan.
*PISA (inglizcha — Programme for International Student Assessment) – turli davlatlarda 15 yoshli oʻquvchilarning savodxonligini (oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.
Maʼlumot uchun, tahlillarda 2021-2023-yillardagi maʼlumotlarga tayanilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q