Jamiyat
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va dunyoning eng yirik kripto-birjalaridan biri – Binance kelishuvga erishdi.
Xabarga koʻra, Binance kripto-birjasi mamlakatda oʻz faoliyatini qonunchilik bilan belgilangan tartibda mahalliy “CoinPay” MCHJ orqali amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Endilikda Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga (foydalanuvchilariga) Binance platformasiga “COINPAY” MCHJning tegishli resurslari orqali kirishiga imkoniyat beriladi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar oʻz mablagʻlarini bank kartalari va milliy toʻlov tizimlari orqali milliy valyutada kiritish hamda chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi.
Tizimni ishga tushirish, hamkorlar platformalarining barcha modullari, jumladan, milliy toʻlov tizimlari bilan integratsiyalashganidan soʻng amalga oshirish reja qilingan.
Tizimning ishga tushirilishi haqida esa hamkorlarning rasmiy resurslarida qoʻshimcha ravishda eʼlon qilinadi.
Maʼlumot uchun, 2024-yilning yanvar oyida Agentlik tomonidan Binance kripto-birjasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi, xususan, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilik talablarini buzganligi uchun jarima qoʻllash haqidagi qaror qabul qilingan edi. Shundan soʻng, tegishli daʼvo arizasi Toshkent shahar iqtisodiyot sudiga yuborilgan.
2024-yilning 26-martidan 7-iyuniga qadar javobgar (Binance kripto-birjasi) vakili ishtirokida davom etgan sud jarayonlari yakuniga koʻra, sud Agentlikning arizasini toʻliq qondirish hamda kripto-birjadan 300 bazaviy hisoblash miqdoriga teng boʻlgan jarimani Oʻzbekiston Respublikasi budjetiga belgilangan tartibda undirish haqida qaror qabul qilgan.
Yakunda Binance kripto-birjasi sudning barcha talablarini bajargan hamda jarimani qonunchilikda belgilangan tartibda Davlat byudjetiga toʻliq toʻlagan.
Oldinroq Oʻzbekistonda onlayn qimorga mukkasidan ketganlarning roʻyxati tuzilishi haqida xabar qilingan edi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q