Jamiyat
Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va “U-Report” oʻzbek yoshlarining bolalarga nisbatan zoʻravonlikka munosabatini soʻrov asosida oʻrganib chiqdi.
Maʼlum boʻlishicha, respondentlarning uchdan bir qismidan koʻprogʻi (38,7 foizi) nafaqat jismoniy zoʻravonlik (kaltaklash va boshqalar), balki ruhiy va yuqorida tavsiflangan barcha zoʻravonlik shakllarini “zoʻravonlik” deb hisoblaydi.
Tadqiqot xulosasiga koʻra, ayni davrda yoshlar ongida jismoniy va jinsiy zoʻravonlik shakllari ustunlik qilmoqda (taxminan 36 foiz).
Taʼkidlanishicha, gʻamxoʻrlik qilmaslik (3,7 foiz atrofida) va ekspluatatsiya (3,2 foiz) kabi zoʻravonlik shakllariga yetarlicha eʼtibor bermaslik muammosi mavjud boʻlib, bular keyinchalik jiddiy eʼtibor qaratishni talab etadi.
Tadqiqotning keyingi bosqichida odamlarda zoʻravonlik sodir etilganda murojaat qilish mumkin boʻlgan manbalar haqida bilimlar yetarli emasligi aniq boʻldi.
Buni quyidagi diagramma ham ifodalaydi:
Maʼlumot uchun, 2025-yil 5-mayda kuchga kiradigan “Bolalarni barcha turdagi zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra zoʻravonlik holatlarida quyidagilarga murojaat qilish mumkin:
▪️ Ichki ishlar va prokuratura organlari (102);
▪️ Vasiylik va homiylik organi;
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) (70 200 10 96);
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi;
▪️ Taʼlim muassasalarida bolalarga nisbatan zoʻravonlikning oldini olish uchun masʼul boʻlgan shaxslar;
▪️ Davlat sogʻliqni saqlash tizimini boshqarish organlari va sogʻliqni saqlash muassasalari;
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi.
Oldinroq bolalarga nisbatan zoʻravonlikning asosiy sababi – ota-onalarning bilimsizligi ekani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q