Jamiyat
Migratsiya agentligi xabar berishicha, o‘zbekistonlik hamshiralar Saudiya Arabistonining tibbiyot klinikalaridagi bo‘sh ish o‘rinlariga ishga taklif qilmoqda. Bular, xususan, Saudi German Hospital (SGH), Dr. Soliman Fakeeh Hospital, Dr. Sulaiman, Al Habib Medical Group (HMG), Abeer Medical Group kabi klinikalardir.
Aytilishicha, suhbat shaklidagi tanlovlar noyabr oyida Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlarida onlayn va oflayn tartibda bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlanishicha, tanlov joyi va sanasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Tanlovda oliy hamshiralik ishi yo‘nalishida bakalavr yoki hamshiralik ishi bo‘yicha o‘rta-maxsus diplomga va sohada kamida 1 yillik tajribaga ega bo‘lgan 45 yoshgacha bo‘lgan erkak va ayollar qatnashishi mumkin. Shuningdek, ulardan ingliz tilini muloqot darajasida bilish talab etiladi, arab tilini bilganlarga ustunlik beriladi. Oylik maosh 1000−1500 dollar bo‘lib, malakaga qarab oshib boradi. Ish jadvali haftada 6 kun, 8 soatdan. Turar joy ish beruvchi tomonidan ta’minlanadi. Tanlovdan o‘tganlarning aviachipta xarajatlari qoplanadi, ularga ishchi viza rasmiylashtirilib, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta bilan ta’minlanadi.
Suhbatda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.
Jahon
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
109905
Jamiyat
94220
Jamiyat
90058
Jamiyat
73278
Jamiyat
//
Izoh yo‘q