O‘zbekistonda “organ” xodimlari yangi moliyaviy piramidani targ‘ib qilgani yuzasidan tekshiruv ishlari boshlandi

Saqlash
18:42 / 07.11.2025 229 0

O‘zbekistonda shakli va uslubi oldingilaridan mutlaqo farq qilmaydigan XCM moliyaviy piramidasi tobora ommalashib borayotgani, bu cho‘pchakka uning oldini olishi kerak bo‘lgan xizmat xodimlari ham ishonayotgani haqida xabarlar tarqalayotgan edi. Kun.uz nashri Avstraliyada media-kompaniya sifatida ro‘yxatdan o‘tgani aytilgan moliyaviy piramida tarqalayotgani haqida surishtirdi. Hatto ayrim xodimlar XCM targ‘ibotiga qo‘shilib, u “ishonchli ekani”ni aytgan. Ushbu moliyaviy piramidaga pul tikayotgan minglab fuqarolar esa aldanib qolish arafasida.

 

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi XCM (X Connection Media) nomli ehtimoliy moliyaviy piramida faoliyatiga oid xabarlar bo‘yicha surishtiruv harakatlarini boshladi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov ma’lum qildi.

 

“Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda keltirib o‘tilgan platforma orqali respublikamiz hududida pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat amalga oshirilgani, shuningdek, bu orqali jismoniy va yuridik shaxslarga zarar yetkazilgani holati bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi xabarda.

 

Shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarining ushbu platformani targ‘ib qilishda ishtiroki bo‘yicha xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//