Madaniyat
Toshkent “Condé Nast Traveler” xalqaro sayyohlik jurnali tomonidan “2026-yilda Osiyoda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar” ro‘yxatiga kiritildi.
Nashr tomonidan e’lon qilingan maqolada aytilishicha, Toshkent shahri o‘zining tarix va zamonaviylikni uyg‘unlashtirgani bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qilgan. Bu yerda qadimiy madrasalar va bozorlar zamonaviy inshootlar bilan yonma-yon joylashgani uchun ham sayohatchilarda katta taassurot qoldirgan.
Jurnalda Toshkent Markaziy Osiyoning madaniy turizm markaziga aylanib borayotgani alohida ta’kidlangan. Yangi Islom sivilizatsiyasi markazi majmuasi va Zamonaviy san’at markazi galereyasining ochilishi shaharga ham tarixiy, ham zamonaviy ko‘rk bag‘ishlamoqda. Sayyohlar tarixiy yodgorliklarga ekskursiya uyushtirish orqali zamonaviy ko‘rgazma va tadbirlarda qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.
Toshkent sayyohlarni O‘zbekistonning go‘zal maskanlariga yo‘naltiruvchi boshlang‘ich nuqta va mustaqil sayyohlik yo‘nalishi sifatida jalb qilmoqda. Shahar boy madaniy dastur va Markaziy Osiyo poytaxtining o‘ziga xos muhitini taqdim etib, yangi taassurotlar va noodatiy sayohatlarni izlaydiganlar uchun munosib manzilga aylanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109714
Jamiyat
94095
Jamiyat
89878
Jamiyat
73073
Jamiyat
//
Izoh yo‘q