Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi taklifi bilan migrantlar hayoti va sog‘lig‘ini ixtiyoriy sug‘urta qilish tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Sug‘urta tashkilotlariga quyidagilarni joriy etish tavsiya etildi:
— xorijda mehnat faoliyati davrida hayot va sog‘liq sug‘urtasi;
— patent/ruxsatnoma rad etilishi xavfini sug‘urtalash;
— xorijda ishga joylashish uchun kreditlar qaytmasligi xavfini sug‘urtalash;
— O‘zbekiston hududida ixtiyoriy tibbiy sug‘urta polisi berish yoki migrant bo‘lgan mamlakatda assistans xizmatlari orqali tibbiy yordamni tashkil etish.
— Sug‘urta qoplamasi badal to‘langan valyutada qoplanadi. Uzoq muddatli hayot sug‘urtasi:
— sug‘urtalanuvchi vafot etsa yoki I–II guruh nogironligi yuz bersa sug‘urta summasiga teng qoplama;
— belgilangan yoshga yetganda — sug‘urta summasi va investitsiya daromadidan ulush to‘lanadi (kamida 30 foiz mukofot hayot sug‘urtasiga yo‘naltirilgan va davr 12 oydan ortiq bo‘lsa, pul o‘tkazish xarajatlari to‘liq qoplanadi).
Mehnat migrantlarining hayoti, sog‘lig‘i va tavakkalchiliklarini sug‘urtalash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq qabul qilinadi.
Yangi mexanizm migrantlar uchun moliyaviy va tibbiy xavflarni kamaytiradi, rad etilgan hujjatlar va qarz qaytmasligiga oid tavakkalchiliklarni sug‘urta orqali qoplash imkonini yaratadi, shu bilan birga xorijda bo‘lgan migrantlar uchun assistans orqali tezkor tibbiy yordamni ta’minlaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
109714
Jamiyat
94095
Jamiyat
89878
Jamiyat
73074
Jamiyat
//
Izoh yo‘q