Jamiyat
Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va “U-Report” tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda bolalarga nisbatan zoʻravonlikning asosiy omillari boʻyicha Oʻzbekiston yoshlarining fikri tahlil qilindi.
Xulosaga koʻra, Oʻzbekiston yoshlari bolalarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish uchun avvalo ota-onalarning bilimlarini oshirish kerak deb hisoblaydi.
Oʻtkazilgan soʻrovnomada erkaklarning 60,5 foizi va ayollarning 56,8 foizi ota-onalarning bola tarbiyasi boʻyicha bilimlarini oshirish eng yaxshi chora ekanini taʼkidlagan.
Bolalar zoʻravonligiga qarshi kurashishda ikkinchi eng muhim tadbir ota-onalarga psixologik yordam koʻrsatish deya baholangan. Bu chorani ayollar (22,3 foiz) erkaklarga qaraganda (12,4 foiz) deyarli ikki barobar koʻproq maʼqullagan.
Ota-onalik huquqini cheklash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, shuningdek, media targʻiboti kabi boshqa choralar esa ikkala jins vakillari tomonidan ham kam qoʻllab-quvvatlangan.
Bundan tashqari, oʻzbek yoshlarining aksariyati (85,5 foiz) bolalarga nisbatan jismoniy jazo qoʻllash turli salbiy oqibatlarga olib kelishini bildirgan.
Shuningdek, respondentlarning 61,3 foizi ota-onalar oʻrtasidagi janjallar ham bolaga salbiy taʼsir qilishini aytgan.
Ajablanarlisi, soʻrovda qatnashgan erkaklarning 11,2 foizi jismoniy jazo qoʻllash tarbiyalashga ijobiy taʼsir qiladi deb oʻylashini maʼlum qilgan. Ayollarning 6,8 foizi esa bolani jismoniy jazolash chorasini qoʻllab-quvvatlagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q