Starlink’ning yangi potensial qamrov xaritasiga O‘zbekiston ham kiritildi

Saqlash
10:35 / 08.11.2025 39 0

SpaceX tarkibidagi Starlink telekom guruhi Veon bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri uyali aloqa (direct-to-cell) bo‘yicha hozirgacha eng yirik hamkorlik kelishuvini e’lon qildi. Loyiha doirasida Veon tarkibidagi operatorlar qatorida faoliyat yuritilayotgan O‘zbekiston bozori ham potensial qamrov hududlari sifatida tilga olindi. Bu texnologiya qamrov yetishmaydigan hududlarda smartfonlarni sun’iy yo‘ldosh orqali tarmoqqa ulash imkonini beradi.

 

Xizmat avvalo Ukrainada (Kyivstar orqali) 2025 yil IV chorakda, so‘ng Qozog‘istonda (Beeline orqali) 2026 yilda ishga tushiriladi. Veon’ning boshqa bozorlari orasida Pokiston, Bangladesh va O‘zbekiston ham bor.

 

Kelishuv Veon’ga boshqa sun’iy yo‘ldosh operatorlari — Amazon’ning Project Kuiper, AST SpaceMobile, Eutelsat OneWeb bilan ham alohida yo‘nalishlarda ishlash imkonini qoldiradi.

 

Sun’iy yo‘ldosh-smartfon aloqasi bozorida 2026 yildan tijoriy ishga tushishni mo‘ljallayotgan raqobatchilar bor, bir qator operatorlar allaqachon mintaqaviy kelishuvlar tuzgan.


Starlink kompaniyasi dunyo bo‘ylab 7 mln+ foydalanuvchiga ega. Orbitada 8 mingdan ortiq yo‘ldosh ishlamoqda, shularning taxminan 650 tasi direct-to-cell xizmatiga ixtisoslashgan.

 

O‘zbekiston Veon ekotizimida bo‘lgani uchun, loyiha rivoji sari qishloq va chekka hududlarda qamrovni yaxshilash imkoniyati paydo bo‘ladi. O‘zbekistonda xizmatni joriy etishga oid aniq taymlayn, tarif va texnik talablar operatorlar tomonidan bosqichma-bosqich e’lon qilinadi.

 

Xabarda Starlink–Veon bitimi doirasida e’lon qilingan texnik-tijoriy rejalarga tayanilgan. O‘zbekiston bo‘yicha amaliy joriy etish qarori, litsenziyalash va tariflar haqidagi rasmiy ma’lumotlar chiqqani sari alohida xabar beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//