Jamiyat
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 1-yanvaridan avtobuslarga yoʻl haqi uchun naqd pulda toʻlov qilganlar jarimaga tortilishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Mazkur holatga Transport vazirligi eʼtibor qaratib, rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda taʼkidlanishicha, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar avtobus yoʻnalishlarida naqd pulda toʻlov qilgan yoʻlovchilar jarimaga tortilishi toʻgʻrisida asossiz maʼlumotlar joylanmoqda.
Naqd pulda toʻlov qilish toʻxtatilgani sabab, vazirlik naqd pulda toʻlamoqchi boʻlgan fuqarolarga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasi qoʻllanilishini eslatib oʻtgan.
Jumladan, ushbu moddada yoʻlovchining trolleybusda, tramvayda, shahar ichida va shahar atrofiga qatnaydigan avtobusda chiptasiz yurishi BHMning oʻndan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab boʻlishi haqida soʻz boradi.
“Oʻz vaqtingizni va mablagʻingizni tejash uchun avtobuslarda yoʻl haqini 1700 soʻm evaziga elektron toʻlov turlari, yaʼni bank kartalari, mobil ilovalar hamda ATTO transport va virtual kartalari orqali amalga oshirishingizni tavsiya qilamiz!” deyiladi munosabatda.
Maʼlumot uchun, Toshkent shahrida 2025-yil 1-yanvardan boshlab, avtobuslar salonida naqd pul qabul qilish amaliyoti toʻxtatilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q