Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Respublika pediatriya markazi bemor bolalar bilan toʻlgani, ularning bir qismi yangi virusga chalingani aytilgan xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur xabarlar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiy munosabat bildirar ekan, avvalo, bolalarning metapnevmovirusga chalingani xususidagi maʼlumotlar mutlaqo asossizligini maʼlum qildi.
Yangi yil arafasida Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining jami beshta — Chaqaloqlarni parvarish qilish, Chaqaloqlar patologiyasi va reanimatsiyasi, Gepatologiya, Nefrologiya hamda Umumiy pediatriya boʻlimlarida profilaktik yuvish-tozalash va zararsizlantirish ishlari amalga oshirilgan boʻlib, mazkur boʻlimlarning barchasi bugun, 6-yanvar kunidan qayta ochilgan va bu holat tabiiy ravishda bemorlar oqimi nisbatan ortishiga sabab boʻlgan.
“Qolaversa, markaz ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlarda qayd etilgan yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlarni qabul qilish va davolashga ixtisoslashtirilmagan”, deyiladi SSV munosabatida.
Vazirlik ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan turli asossiz va tekshirilmagan xabarlarni tarqatmaslikni soʻragan.
Oldinroq butun dunyoda tarqalayotgan virus Oʻzbekistonda ham aniqlangani xabar qilingan edi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q