Jaloliddin Manguberdiga tegishli Yada toshi topildi

Saqlash
12:27 / 11.12.2024 293 0

Jaloliddin Manguberdiga tegishli Yada toshi bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanayotgani maʼlum boʻldi.

 

Ushbu tosh oʻymakorlik va gravyurali ishlanish texnikasida tayyorlangan boʻlib, islom madaniyatiga oid hisoblanadi.

 

Uning oʻlchamlari quyidagicha keltirilgan:

▪️ balandligi – 29 sm;

▪️ kengligi – 50 sm;

▪️ qalinligi – 32 sm;

▪️ ogʻirligi – 42,5 kg.

 

Eksponatga “mazkur tosh Jaloliddin Xorazmshoh umrining oxirgi yillaridagi sharqiy Turkiya, shimoli-gʻarbiy Eron va Ozarbayjondagi harbiy yurishlaridan xabar beradi”, degan taʼrif berilgan.

 

“Bu toshga sangtarosh Mahmud bin Muhammad ismli Rashid nomi bilan mashhur boʻlgan muhrkan va zargar ishlov bergan. Rashid asli kelib chiqishi Sharqiy Eronning uzoq Nishopur shahridan boʻlib, aftidan moʻgʻullar bosqinidan Gʻarbiy Eronga qochib kelgan boʻlishi mumkin”, deb yozadi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Anvar Matniyazov oʻz maqolasida.

 

Tosh Eron hududidan topilgan boʻlib, aksiyada sotib olingan. U muzeyda №1990.06.12.1 raqami bilan qayd qilingan boʻlib, milodiy 1230/1231-yilda ishlangani manba sifatida keltirilgan.

 

Yada toshi nima ekani va u haqida qanday hikoyalar borligi haqida ushbu havola orqali bilib olishingiz mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//