Jamiyat
Ijtimoiy himoyani rivojlantirish instituti va “U-Report” oʻzbek yoshlarining bolalarga nisbatan zoʻravonlikka munosabatini soʻrov asosida oʻrgandi va tahlillarga asoslanib, mutaxassislar diagramma tuzib chiqdi.
Unda koʻrsatilishicha, respondentlarning uchdan bir qismidan koʻprogʻi (38,7 foiz) nafaqat jismoniy zoʻravonlik (kaltaklash va boshqalar), balki ruhiy va yuqorida tavsiflangan barcha zoʻravonlik shakllarini “zoʻravonlik” deb hisoblaydi.
Shuningdek, hozirda yoshlar ongida jismoniy va jinsiy zoʻravonlik shakllari ustunlik qilmoqda (taxminan 36 foiz).
Bundan tashqari, jamiyatda gʻamxoʻrlik qilmaslik (3,7 foiz atrofida) va ekspluatatsiya (3,2 foiz) kabi zoʻravonlik shakllariga yetarlicha eʼtibor bermaslik muammosi mavjud boʻlib, bu keyinchalik jiddiy eʼtibor qaratishni talab etishi taxmin qilinmoqda.
Oldinroq Toshkentdagi maktablarning birida 54 ta jinoyat sodir etilgani haqida xabar berilgan edi.
Ilm-fan
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q