Jamiyat
Poytaxtda joylashgan maktablarning birida 17 ta, boshqa birida esa 54 ta jinoyat sodir etilgan. Bu haqida Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari Durdona Rahimova maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu koʻrsatkich 10 oy davomida yuz bergan.
“Nima qilish kerak endi bu maktablarni? Maktab direktorlarini ishdan boʻshataversak, bu muammo hal boʻlib qoladimi? Toshkent shahridagi 325 ta maktab direktorini ishdan boʻshatib, yangi qoʻysak, shu yechim boʻla oladimi? Shu maktablarda jinoyat sodir boʻlmay qoladimi? Bu savol ham bor-ku”, deydi u Milliy gvardiyaning shahar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirida.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekistonda oʻquvchilar oʻzlarini maktab hududida xavfsiz his qilmayotganini aytmoqda. Jumladan, har yetti oʻquvchidan kamida bittasi maktabda oʻzini xavfsiz his qilmaydi va zoʻravonlik yoki bezorilik guvohi boʻladi.
Eng yomoni esa oʻquvchilarning spirtli ichimliklar yoki taqiqlangan dori vositalarini isteʼmol qilishi sezilarli darajaga chiqqani boʻlib qolmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q