Jamiyat
Maktabgacha, umumtaʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari pedagoglari uchun joriy yilning 29-oktyabridan boshlab malaka toifa sinovlarini oʻtkazish boshlanadi. Jarayon 16-noyabrga qadar davom etadi.
Maʼlumot uchun, imtihon topshiruvchiga:
▪️ matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;
▪️ qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt beriladi.
Oldinroq malaka sinovlari ikki bosqichda oʻtkazilishi haqida xabar berilgan edi. Jumladan, birinchi bosqichida pedagog mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻini bajarishi lozim. Bu orqali uning bilim darajasini aniqlanadi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;
Ikkinchi bosqichda esa pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib. Jami olinishi kerak boʻlgan baho – 20 ball.
Malaka toifa sinovlari oʻtkaziladigan sanalar (fanlar kesimida) – bu yerda.
Malaka test sinovlari oʻtkaziladigan joy manzillari – bu yerda.
Malaka test sinovlarini oʻtkazishga doir sinov materiallari – bu yerda.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q