Pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish jarayoni qaysi sanadan boshlanishi maʼlum boʻldi

Saqlash
09:12 / 11.10.2024 467 0

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazish 2024-yil 29-oktyabr kuni boshlanadi.

 

Malaka sinovlari real vaqt rejimida test shaklida (jumladan, jismoniy tarbiya, chet tili fanlaridan ham) ushbu manzillarda oʻtkaziladi.

 

Bunda attestatsiya jarayoni ikki bosqichda (bir kunda va bir vaqtda) kompyuter dasturlari orqali amalga oshiriladi.

 

Xususan, birinchi bosqichda mutaxassislik fani va kasb standarti boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta (mutaxassislik fanidan 35 ta, pedagogning kasbiy standartlaridan 5 ta) test topshirigʻi beriladi. Har bir toʻgʻri bajarilgan test 2 ball bilan baholanadi. Test sinovlari uchun jami 80 ball beriladi;

 

Ikkinchi bosqichda esa pedagogik mahoratni aniqlash maqsadida ilgʻor pedagogik uslub va texnologiyalarni (“case study” uslubi, loyihalar uslubi, hamkorlikda oʻqitish, “amaliy oʻyin”, interfaol taʼlim uslubi va boshqalar) qoʻllash boʻyicha 10 ta topshiriq beriladi. Har bir toʻgʻri berilgan javob 2 ball bilan baholanib, jami 20 ball beriladi.

 

Fanlar kesimida vaqt taqsimoti ham ikki xil boʻladi. Yaʼni:

▪️ matematika, informatika va axborot texnologiyalari, kimyo, biologiya, fizika fanlari uchun — 120 daqiqa;

▪️ qolgan barcha fanlar uchun — 90 daqiqa vaqt beriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//