
Jamiyat
Shu yilning 18-mart sanasida Buxoro viloyatining Kogon tumanida oʻquvchilarni olib kelayotgan avtobus hamda yuk avtomobili ishtirokida YTH sodir boʻlganidan xabaringiz bor.
Olib borilgan tergov harakatlarida avtobusni boshqargan haydovchi yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, halokatga sababchi boʻlgani aniqlangan.
U ikkinchi darajali yoʻldan kelayotganiga qaramay chorrahada svetofor ishlamay turgan vaqtda harakatni davom ettirgan va asosiy yoʻldan kelayotgan beton tashuvchi yuk avtomobili bilan toʻqnashgan. Yuk mashinasi bu jarayonda zarb bilan urilgan va har ikki transport vositasi agʻdarilib ketgan. Hodisa oqibatida 2 nafar maktab oʻquvchisi vafot etgan, boshqalari esa turli darajada tan jarohatlari olga.
Oliy sud matbuot xizmatining xabar berishicha, Kogon shahar sudida oʻtkazilgan sud majlisida hodisaning asosiy aybdori boʻlgan haydovchiga hukm oʻqildi. U JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topildi.
Yakunda Sud 33 yoshli ayblanuvchini 3 yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etdi hamda unga 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q