Buxoroda maktab o‘quvchilari avtobusi YTH’ga uchradi

Saqlash
21:30 / 18.03.2024 2411 0

Hodisa Buxoro viloyatining Kogon tumanida yuz bergan. Unda avtobus bilan yuk avtomobili toʻqnashgan. Oqibatda, ikkala mashina ham agʻdarilib ketgan.

 

Xabarga koʻra, agʻdarilgan avtobus ichida Kogon tumanidagi maktablardan birining oʻquvchilar boʻlib, ular maktab rahbariyatining talabiga koʻra teatr tomoshasiga olib ketilayotgan boʻlgan.

 

Aniqlanishicha, avtobuslar 2 ta boʻlib, ularning birida qizlar, boshqasida oʻgʻil bolalar boʻlgan. Maʼlumot uchun, hammasi 9-11 sinf oʻquvchilari hisoblanadi.

 

YHT bugun, 18-mart kuni, soat taxminan 10:30 lar atrofida yuz bergan.

 

Daryo.uz manbasining yozishicha, oʻquvchilarning koʻpchiligi teatr tomoshasiga borishni istamagan. Maktab rahbariyati esa yuqori sinf oʻquvchilarining har biridan 15 ming soʻmdan yigʻib olgan va viloyat Musiqali drama teatriga olib borishni rejalashtirgan.

 

“Koʻpchilik oʻquvchi teatrga borishni istamagan. Biroq hamma borishi kerak deb, ularni olib ketishayotgan boʻlgan. Soat taxminan 10:30 larda oʻgʻil bolalar mingan avtobusga sement qoruvchi maxsus avtomobil tegib ketgan. Shunda avtobus agʻdarilgan. Voqea oʻquvchi qizlar koʻz oʻngida sodir boʻlgan”, — deya xabar bergan sayt manbasi.

 

YTH oqibatida 11-sinf oʻquvchisi (oʻgʻil bola) vafot etgan. Bir nechta nafar oʻquvchi ogʻir tan jarohati olib, shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

 

“Masʼullar voqea haqida hech qayerda maʼlumot berishmayapti. Negadir holat yashirilmoqda. YTHdan jabr olganlar juda koʻp”, deyiladi xabarda.

 

Viloyat prokuraturasi axborot xizmati YHT haqida batafsil maʼlumot yoʻqligi, tez orada qoʻshimcha axborot berilishini bildirgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//