Jahon
Pavel Durov messenjerning maxfiylik va xizmat shartlari oʻzgarganini maʼlum qildi. Unga koʻra, endilikda jinoyatchilarning IP manzillari va telefon raqamlari qonuniy talablarga asosan, tegishli organlarga oshkor qilinishi mumkin. Ushbu chora messenjerning qidiruv boʻlimida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyatlarni toʻxtatish maqsadida joriy qilinadi.
Pavel Durov maxfiylik shartlaridagi oʻzgarishlarni shunday izohlaydi:
“Telegramning qidiruv funksiyasi boshqa dasturlarnikiga qaraganda kuchliroq edi. Afsuski, odamlar undan yomon maqsadlar yoʻlida, bizning xizmat koʻrsatish shartlarimizni buzgan holda, noqonuniy tovarlarni sotish uchun foydalandi. Soʻngi bir necha haftada maxsus moderatorlar jamoasi sunʼiy intellektdan foydalangan holda Telegramdagi qidiruv boʻlimini nisbatan xavfsiz qildi. Biz qidiruvda aniqlagan barcha muammoli kontentlar endi mavjud emas. Agar siz Telegram qidiruvida hali ham qandaydir xavfli yoki noqonuniy maʼlumot topsangiz, @SearchReport orqali bizga xabar bering”.
Avvalroq Fransiya hukumati Durovni Telegramʼdan jinoiy maqsadda foydalanishlarni oldini olmaganlikda ayblab, hibsga olgan edi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112146
Jamiyat
94830
Jamiyat
90885
Jamiyat
75677
Jamiyat
//
Izoh yo‘q