Sport
Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi yakuni boʻyicha yangilangan reytingni maʼlum qildi.
Unga 8 nafar oʻzbekistonlik bokschi ham kiritilgan boʻlib, shundan 3 nafari oʻz vazn toifalarida 1-oʻrinni egallagan.
Avgust oyi soʻngida yangilangan reyting quyidagicha:
▪️ Hasanboy Doʻstmatov (minimal vazn) – 1-oʻrin (oʻzgarishsiz);
▪️ Murodjon Ahmadaliyev (birinchi yarim yengil vazn) – 1-oʻrin (oʻzgarishsiz)
▪️ Muhammad Shexov (birinchi yarim yengil vazn) – 10-oʻrin (oʻzgarishsiz);
▪️ Otabek Xolmatov (yarim yengil vazn) – oʻtgan oydagi singari 5-oʻrin;
▪️ Botir Ahmedov (super yengil vazn) – 13-oʻrin (oʻzgarishsiz);
▪️ Shahram Gʻiyosov (yarim oʻrta vazn) – 1-oʻrin (oʻzgarishsiz);
▪️ Isroil Madrimov (super yarim oʻrta vazn) — 3-oʻrin (oʻtgan oyda chempion);
▪️ Bektemir Meliqoʻziyev (super oʻrta vazn) — 6-oʻrin (oʻtgan oyda 5-oʻrin).
Maʼlumot uchun, Madrimov Terens Kroufordga qarshi jangdagi magʻlubiyatdan soʻng uchinchi oʻringa tushib qolgan.
Oldinroq Mayk Tayson oʻzbekistonlik bokschini maqtagani hamda Hasanboy Doʻsmatov professional ringda chempionlik jangini oʻtkazishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q