Jamiyat
Toshkent shahri, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 275-sonli maktabda 9-sinf oʻquvchilari hamda informatika fani oʻqituvchisi janjallashgani, unda oʻqituvchi oʻquvchiga jismoniy zarba bergani aks etgan videolar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan oʻqituvchi ustidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi. Keyinroq maʼlum boʻlishicha, ish tugatilib, voqeaning yangi tafsilotlari ochiqlandi.
Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh Gʻiyosov xabar berishicha, aslida oʻquvchi oʻqituvchiga musht tushirgan boʻlgan.
Aniqlanishicha, 19-may kungi 2010-yilda tugʻilgan oʻquvchi R.R. va 2002-yilda tugʻilgan maktab oʻqituvchisi Z.O. oʻrtasidagi tortishuv oʻquvchi dars jarayonida oʻqituvchi tomonidan berilgan koʻrsatmani bajarmasdan, dars mashgʻulotlarini oʻtkazilishiga xalaqit bergani ortidan yuzaga keladi. Janjal vaqtida oʻqituvchi oʻquvchiga tan jarohati yetkazib, jabrlanuvchi tibbiy yordam uchun shifoxonaga murojaat qilgan. Holat yuzasidan oʻqituvchiga nisbatan Mirzo Ulugʻbek tumani IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgangan.
Oʻqituvchiga nisbatan jinoiy ish tugatilgach, vaziyatga oid toʻliq video eʼlon qilindi. Mazkur video va rasmiy tekshiruv natijalari voqeaning toʻliq manzarasini ochib bergan. Unga koʻra, oʻquvchi doimiy ravishda oʻqituvchilarni haqoratlab, kamsitib kelgan. Mazkur tortishuv ham shunday muammo ortidan yuzaga kelib, oʻqituvchi oʻquv jarayonini va oʻz shaʼnini himoya qilish doirasida harakat qiladi.
Bola dars vaqtida sinfdoshi boshidan suv quyib, atrofga ham sepadi. Oʻqituvchi tashqariga chiqishini soʻraganida u qoʻlingni ol deydi, oʻqituvchi unga javoban shapaloq tushiradi, u esa ikki marta musht tushiradi.
Jamiyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112389
Jamiyat
95049
Jamiyat
91250
Jamiyat
75961
Jamiyat
//
Izoh yo‘q