Sport
Mayk Tayson Isroil Madrimov haqida gapirdi, deb xabar berdi Olamsport.
Xabarga koʻra, boks afsonasi Terens Kroufordning Isroil Madrimov bilan jangi haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtgan.
“Kroufordning soʻnggi jangida boʻldim. Madrimov – kuchli yigit, Terens soʻnggi ikkita raundda kambek qila olganidan xursandman. Madrimov juda noqulay va kuchli edi”, deya fikrlarni bayon qilgan u.
U, shuningdek, Madrimov ringda yaxshi harakat qilgani, Terens esa bunday harakatlarga oʻrganmagani, oʻzbekistonlik bokschi unga haddan tashqari noqulay raqib ekanini qoʻshimcha qilgan.
Maʼlumot uchun, AQSHning Los-Anjeles shahrida boʻlib oʻtgan professional boks jangida Isroil Madrimov Terens Kroufordga magʻlub boʻlgan edi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
111295
Jamiyat
94570
Jamiyat
90530
Jamiyat
74787
Jamiyat
//
Izoh yo‘q