Ertaga poytaxtning ayrim ko‘chalarida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi

Saqlash
16:02 / 26.05.2026 167 0

27-may kuni poytaxtning 119 ta masjidida hayit namozi o‘qiladi. Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini taʼminlash maqsadida 26-may soat 24:00 dan 27-may soat 08:00 ga qadar Toshkent shahrining ayrim ko‘chalarida avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

 

Xususan, Mirzo Ulugʻbek tumani

 

“Toʻra buva” masjidi: Buyuk ipak yoʻli koʻchasi — Shoʻrtepa koʻchasidan Buyuk ipak yoʻli — Sultoniya chorrahasigacha.

 

Bektemir tumani

 

“Xoʻton” masjidi: Bektemirshoh shoh koʻchasi — Husayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha;

“Alibek” masjidi: Muxtor Avezov koʻchasidan — Husayn Boyqaro koʻchasigacha.

 

Olmazor tumani

 

“Islomobod” masjidi: THAY — Sagʻbon koʻchasi bilan kesishmadan Nurafshon va Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha;

“Hazrati imom” masjidi: Qorasaroy koʻchasi — Nurafshon koʻchasi bilan kesishmadan Abdulla Qodiriy koʻchasi bilan kesishmagacha;

“Doʻstjonboy” masjidi: Sagʻbon koʻchasi va Sagʻbon 12-berk koʻchaning kesishmasidan — Keles yoʻli va Noraztepa chorrahasigacha.

 

Shayxontohur tumani

 

“Shayx Zayniddin” masjidi: Koʻkcha darvoza koʻchasining Nurafshon koʻchasi bilan kesishmasidan — Beshqayragʻoch koʻchasi bilan kesishmagacha;

“Xoʻja Alambardor” masjidi: Bunyodkor shohkoʻchasi — Kamolon koʻchasi bilan kesishmasidan Ustazoda 2-tor koʻchasi bilan kesishmagacha;

“Koʻxota” masjidi: Sebzor koʻchasi — Nurafshon koʻchasi bilan kesishmasidan Nurafshon va Labzak koʻchalari chorrahasigacha.

 

Chilonzor tumani

 

“Ubay ibn Kaʼb” masjidi: Al Xorazmiy koʻchasi — Xirmontepa koʻchasi bilan kesishmasidan Katta qani koʻchasi bilan kesishmagacha;

“Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidi: Soʻgalli ota koʻchasi — Al-Xorazmiy koʻchasi bilan kesishmasidan Xonabod 2-berk koʻchasigacha;

“Novza” masjidi: Bunyodkor shohkoʻchasi — Bunyodkor-Muqimiy yoʻl oʻtkazgichidan Oliy Majlis binosi roʻparasidagi qismigacha;

 

Uchtepa tumani

 

“Abdulloh ibn Maʼsud” masjidi: Lutfiy koʻchasi — Xirmontepa koʻchasi bilan kesishmasidan Katta qani va Lutfiy koʻchalari kesishmasigacha;

“Hazrati Ali” masjidi: Nazarbek koʻchasi — Mahorat koʻchasi bilan kesishmasidan Zamaxshariy 1-tor koʻchasi bilan kesishmagacha.

 

Yunusobod tumani

 

“Minor” masjidi: THAY — Koʻrgazma koʻchasi bilan kesishmasidan Sharof Rashidov shohkoʻchasi bilan kesishmagacha;

“Mirzo Yusuf” masjidi: Bogʻishamol koʻchasi — Shivli koʻchasigacha.

 

Yakkasaroy tumani

 

“Usmon bin Mazun” masjidi: THAY — Qoʻshbegi chorrahasidan Fayzli Toshkent koʻchasi bilan kesishmagacha.

 

Sergeli tumani

 

“Nurul Islom” masjidi: Toshkent halqa avtomobil yoʻli — Fayzli Toshkent koʻchasi bilan kesishmadan Qumariq chorrahasigacha.

 

Yashnobod tumani

 

“Islom ota” masjidi: Fargʻona yoʻli koʻchasi — Fitrat koʻchasi bilan kesishmasidan Tolimarjon koʻchasi bilan kesishmagacha.

 

Mirobod tumani


“Qoʻyliq ota” masjidi: Toshkent halqa avtomobil yoʻlining Qoʻyliq bozori yaqinidagi yoʻl oʻtkazgichdan halqa yoʻli va Munis koʻchalari kesishmasigacha boʻlgan qismi.

 

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi jome masjidlarda hayit namozi ertalab soat 05:10 da boshlanadi. Bayram kuni poytaxtdagi jamoat transportlari (avtobus va metro) soat 04:00 dan boshlab harakatlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//