Butunjahon boks ittifoqi avgust oyi uchun yangilangan reytingni eʼlon qildi

Saqlash
16:19 / 20.08.2024 1236 0

Butunjahon boks ittifoqi (WBC) avgust oyi uchun yangilangan reytingni tuzib chiqdi, deb xabar berdi Olamsport.

 

Nashrning yozishicha, yangilangan roʻyxatdan 10 nafar oʻzbekistonlik bokschi oʻrin olgan.

 

Jumladan, Bahodir Jalolov superogʻir vazn toifasi boʻyicha 6-oʻrinni egallagan.

 

Maʼlumot uchun, Jalolov iyul oyi reytingida 8-oʻringa loyiq koʻrilgan edi.

 

Jalolovning vaznida Aleksandr Usik chempion boʻlsa, Tayson Fyuri esa 1-oʻrinni band etgan.

 

Shuningdek, Agit Kabaye (Germaniya), Martin Bakole (Kongo/Buyuk Britaniya), Chjang Chjiley (Xitoy), Efe Ajagba (Nigeriya/AQSH) kabi bokschilar keyingi pogʻonalardan joy olgan.

 

Yangilangan reytingga kiritilgan oʻzbekistonlik bokschilar quyidagilar:

 

▪️ Superogʻir vazn: Bahodir Jalolov – 6-oʻrin;

 

▪️ Superoʻrta vazn toifasi (76,2 kg): Bektemir Meliqoʻziyev – 13-oʻrin(bir pogʻona yuqorilagan);

 

▪️ Superyarim oʻrta vazn toifasi (69,9 kg): Isroil Madrimov – 3-oʻrin;

 

▪️ Yarimoʻrta vazn (66,6 kg): Shahram Gʻiyosov – 7-oʻrin( bir pogʻona yuqorilagan);

 

▪️Yarimoʻrta vazn (66,6 kg): Jahongir Rasulov – 30-oʻrin(3 pogʻonaga pastlagan);

 

▪️ Yarimyengil vazn (57,1 kg): Otabek Xolmatov – 18-oʻrin;

 

▪️ Birinchi yarimyengil vazn (55,3 kg): Murodjon Ahmadaliyev – 4-oʻrin;

 

▪️ Birinchi yarimyengil vazn (55,3 kg): Mirazizbek Mirzaxalilov – 28-oʻrin;

 

▪️ Yengil vazn (50,82 kg): Olimjon Nazarov – 35-oʻrin(bir pogʻona pastlagan);

 

▪️ Birinchi oʻta yengil vazn (47,6 kg): Hasanboy Doʻsmatov – 4-oʻrin(bir pogʻona yuqorilagan).

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//