Ijtimoiy holatidan qatʼi nazar oʻn ming nafar bolada murakkab jarrohlik amaliyotlari oʻtkaziladi

Saqlash
16:51 / 26.05.2026 16 0

10 ming nafar bolada jarrohlik amaliyoti, 2,3 ming nafar bemorda yuqori texnologik operatsiyalar, 350 nafar yurtdoshimizda buyrak va jigar transplantatsiyasi oʻtkaziladi. Bu haqda Prezidentning Qurbon hayiti arafasida eʼlon qilingan Qaroriga tayanib, SSV xabar berdi.

 

Bunda tibbiy tekshiruv va davolash xarajatlari davlat maqsadli jamgʻarmalari va boshqa manbalardan ajratilgan mablagʻlar hisobidan “Vaqf” xayriya jamoat fondi orqali moliyalashtirilmoqda. Eʼtiborlisi, bu imkoniyatdan foydalanuvchi bemor bolalar kambagʻal yoki ehtiyojmand oila farzandlari boʻlishi shart emas. Yaʼni ular, ijtimoiy holatidan qatʼi nazar davolanadi.

 

20 yildan buyon buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekayotgan Temur Hakimovning onasi shunday deydi:

 

... Yetti yildan beri tinch uxlaganimiz yoʻq, juda katta qiyinchiliklarni boshdan kechirdik. Shuning uchun bu operatsiya imkoniyati bizga katta umid va quvonch berdi...

 

Ayni damda jarayonlar boshlanib, bemorlar oilasiga tegishli vaucherlar topshirilgan. Bemorlar bosqichma-bosqich tibbiyot muassasalariga joylashtirilib, sogʻlomlashtirilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//