Ilm-fan
Har yili milliy kitobxonlik harakati oʻtkazilib, gʻoliblarga pul mukofoti beriladi. Bu haqda “Yoshlar orasida kitobxonlik dasturini keng joriy etish va ularning qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida”gi Prezident farmoyishi (F–33-son, 22.05.2026-y.) qabul qilindi.
Farmoyishga koʻra, 2026-yildan har yili umumtaʼlim maktablarida oʻqiyotgan yoshlarning kitob oʻqishga qiziqishini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan milliy kitobxonlik harakati oʻtkaziladi.
Mazkur dastur har yili quyidagi 3 bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich “kitobxonlikharakati.uz” elektron platformasida (platforma) roʻyxatdan oʻtgan holda onlayn, 2- va 3-bosqichlar esa bevosita ishtirok etish formatida viloyat va respublika darajasida oʻtkaziladi.
Ishtirokchilar 3 ta yosh toifasida ishtirok etib, belgilangan tartibda saralanadi. Yuqori sinf toifalari (6-8-sinf, 9-11-sinf) boʻyicha gʻolib va sovrindorlar quyidagi miqdorda pul mukofoti va sertifikatlar bilan taqdirlanadi:
- 1-oʻrinni olgan 2 nafar gʻolibning har biri 50 ming AQSH dollari pul mukofoti va diplom;
- 2-oʻrinni olgan 2 nafar sovrindorning har biri 30 ming AQSH dollari pul mukofoti va diplom;
- 3-oʻrinni olgan 2 nafar sovrindorning har biri 15 ming AQSH dollari pul mukofoti va diplom;
- 5 ta qoʻshimcha nominatsiyalar boʻyicha sovrindorlarning har biri 10 ming AQSH dollari pul mukofoti va diplom.
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112381
Jamiyat
95041
Jamiyat
91242
Jamiyat
75953
Jamiyat
//
Izoh yo‘q