Jahon
Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi boks bahslarida qirgʻizistonlik atletga oʻzbekistonlik murabbiy sekundantlik qilgani xabar berilgan edi.
11-sentyabr kuni Qirgʻiziston prezidenti boks boʻyicha trener Akmal Hasanov bilan uchrashib, uning qirgʻizistonlik Munarbek Seyitbek oʻgʻlining yutugʻiga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik sifatida unga Treker avtomobilini sovgʻa qildi.
Sadir Japarov oʻzbekistonlik trenerning bu yordami Oʻzbekiston va Qirgʻiziston mamlakatlarining doʻstligi va birligini mustahkamlanishiga xizmat qilganini taʼkidladi:
“Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini hamjihatlik bilan, doʻstona qoʻllashini butun dunyo koʻrdi. Sportni tinchlik elchisi deydilar. Siz oʻzaro ahillikni mustahkamlashga namunaviy hissa qoʻshdingiz. Birligimiz yanada mustahkamlanishini tilayman” , – deydi Japarov.
Prezident shuningdek, oʻzbekistonlik sportchilarning Parij-2024 oʻyinlaridagi yaxshi natijalarini ham eʼtirof etgan.
“Oʻzbekiston sportga katta eʼtibor qaratmoqda. Biz esa soʻnggi 3 yillikda sportchilarimizni faol qoʻllay boshladik. Ilgari musobaqalarda qatnashish uchun zarur mablagʻni oʻz vaqtida berolmagan vaqtlarimiz ham boʻlgan. Bugungi kunda davlat sportchilarni vitaminlar bilan taʼminlashgacha boʻlgan barcha zarur sharoitlarni yaratib bermoqda”, – taʼkidladi u .
"Bizning ajdodlarimiz oʻz qahramonlarini eʼtirof etish maqsadida ot sovgʻa qilgan. Hozir avtomobil berish odatga aylandi, lekin anʼanaviy ruh oʻzgarmagan – bu koʻrsatilgan xizmat uchun hurmat va minnatdorchilik belgisidir", – deya qoʻshimcha qildi Qirgʻiziston prezidenti.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q