Jamiyat
Qosimov Sherali Abduqahhorovich Namangan viloyatining Toʻraqoʻrgʻon tumaniga hokim boʻldi, deb xabar berdi viloyat matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, Xalq deputatlari Toʻraqoʻrgʻon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov tumanning yangi hokimini yigʻilganlarga tanishtirgan.
Viloyat hokimining Qosimov Sherali Abduqahhorovichni Toʻraqoʻrgʻon tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlangan.
Maʼlumot uchun, Toʻraqoʻrgʻon tumanining oldingi hokimi – Mansurov Ahror Ahmadaliyevich joriy yilning 7 avgust kuni Mingbuloq tumani hokimi etib tayinlangan edi.
Oldinroq bank xodimi Mirzaobod tumanga hokim boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
112428
Jamiyat
95087
Jamiyat
91306
Jamiyat
76005
Jamiyat
//
Izoh yo‘q