Jamiyat
Raxmonkulov Orif Xudoyberdiyevich — Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani hokimi lavozimiga tayinlandi.
Viloyat matbuot xizmatining xabar berishicha, tayinlov bugun, 27-avgust kuni Xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida amalga oshirilgan.
Tayinlovdan avval deputatlar Sarvar Sultonovni Mirzaobod tumani hokimi lavozimidan ozod etish toʻgʻrisidagi taklifini maʼqullagan.
Shundan soʻng viloyat rahbari Akmaljon Maxmudaliyev tuman hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod — Raxmonkulov Orif Xudoyberdiyevichni tanishtirgan.
Viloyat hokimining Orif Raxmonkulovni Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlash toʻgʻrisidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlangan.
Maʼlumot uchun, Orif Raxmonkulov 1983-yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tugʻilgan. 2010-yilda Toshkent moliya institutini bakalavr darajasini, 2012-yilda magistraturani tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi — buxgalteriya hisobi va audit.
U mehnat faoliyati davomida bank sohasida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Mazkur tayinlovga qadar Raxmonkulov “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q