Turkiyadagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirilmoqda

Saqlash
15:42 / 26.08.2024 796 0

Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyadagi oʻzbekistonliklarni ogoh boʻlishga undamoqda.

 

Maʼlum boʻlishicha, soʻngi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali Istanbulda ayrim xorijiy davlatlar nomi ostidagi oʻzbek bolalariga moʻljallangan maktablar reklamasi tarqatilayotgan boʻlib, ularda xorijiy tillar, robototexnika, diniy bilimlar, informatika va jismoniy tarbiya mashgʻulotlari oʻrgatilishi aytiladi.

 

Xabarga koʻra, mazkur oʻquv yurtlaridagi diniy darslar Ahli sunna aqidasi asosida ekanligi taʼkidlanishiga qaramay, ayrim oʻqituvchilardagi moʻtadil islomga zid eʼtiqodiy qarashlarning taʼlim oluvchilarga singdirilishi kelgusida jamiyatda aqidaviy ziddiyatlarni yuzaga keltirishi mumkin.

 

Shundan kelib chiqqan holda, Istanbul shahridagi Bosh konsulxona oʻzbekistonlik ota-onalardan voyaga yetmagan farzandlarini turli maktablarda mutaassib qarashlar singdirilishidan ehtiyot qilishlarini soʻramoqda.

 

Oldinroq Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklarni ogohlikka chaqirgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//