Jamiyat
Rossiya Federatsiyasida ishlayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlikka chaqirmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, soʻnggi vaqtlarda Rossiyada ishlayotgan oʻzbekistonliklarga Internetdagi eʼlonlar orqali katta pul evaziga mahsulotni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib berish taklif etilmoqda.
Kelib tushgan murojaatlarga koʻra, rozi boʻlgan shaxslardan norasmiy kuryerlik xizmatlari yordamida narkotik yoki taʼqiqlangan moddalar solingan buyurtmalarni yetkazib berish (zakladka) soʻralmoqda.
Oqibatda, bunday ishga aralashib qolgan shaxslar politsiya xodimlari tomonidan ushlanib, jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
“Shu munosabat bilan, yurtdoshlarimizdan norasmiy kuryerlik xizmatlarida ishlamaslikni, katta miqdordagi pul evaziga shubhali buyumlarni bir manzildan ikkinchi manzilga yetkazib bermaslikni yoki mahsulotni albatta tekshirishni soʻraymiz”, deb yoziladi Agentlik rasmiy xabarida.
Bundan tashqari, Agentlikka Rossiya Federatsiyasi aeroportlarida mamlakat hududiga kirib borayotgan fuqarolardan hujjatlarini bir necha soatlab tekshirish holatlari va bu oʻz navbatida bir qator muammolarni yuzaga keltirayotgani boʻyicha ham murojaatlar kelib tushgan.
Bunga esa Rossiya boʻylab xavfsizlik choralarining kuchaytirilgani sabab sifatida keltiriladi.
Shu munosabat bilan mamlakat hududida boʻlib turgan yoki mamlakatdan chiqib ketayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan xavfsizlik choralari talablarini inobatga olgan holda harakatlanishi soʻraladi.
Shuningdek, migrantlarga Rossiya Ichki ishlar vazirligining rasmiy veb-sayti orqali mamlakat hududiga kirish uchun taqiq bor yoki yoʻqligini tekshirib, shundan soʻng Rossiyaga borish tavsiya etiladi.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q