“Inson qadri”, “Maʼrifat soati” va gala-konsert – Hududlarda Maʼnaviyat festivallari davom etmoqda

Saqlash
11:12 / 21.08.2024 718 0

Mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi arafasida “Biz bir boʻlsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida Oʻzbekiston boʻylab oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali” Sirdaryo, Buxoro va Navoiy viloyatlarida koʻtarinki ruh bilan davom etmoqda.

 


Festival doirasida mahallalarda poytaxtdan tashrif buyurgan sanʼatkor, shoir va boshqa madaniyat xodimlari ishtirokida “Inson qadri”, “Maʼrifat soati” kabi loyihalari asosida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar hamda konsert dasturlari tashkil etildi.

 

 

Navoiy viloyati Zarafshon shahrida Gidrometallurgiya zavodi ishchilari ishtirokida “Maʼrifat soati” oʻtkazildi. Unda targʻibotchilardan iborat ijodiy guruh maʼnaviy muhit, maʼrifiy tarbiyaning oʻziga xos jihatlari haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

 

 

Sirdaryo viloyatida kunduzgi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlardan soʻng boʻlib oʻtgan konsert dasturida yosh-u qari birdek madaniy hordiq chiqardi.

 

 

Konsert dasturida Oʻzbekiston xalq artistlari, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi boʻlim boshligʻi, shoira, teatr va kino aktyorlari hamda Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi xonandalari soʻzga chiqib, Mustaqilligining 33 yilligi bilan muborakbod etdi.

 

 

Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanida “Ajdodlarga ehtirom” va “Uch avlod uchrashuvi” loyihalari boʻlib oʻtdi.

 

 

Unda boy tarixiy madaniyatimiz, osori-atiqalar, milliy qadriyatlarimiz namoyish qilindi.

 


Eslatib oʻtamiz, Respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Maʼnaviyat festivali”ning bu yilgi tadbirlariga 10-15 iyul kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida start berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//