Qoraqalpogʻiston, Namangan, Qashqadaryo – uchta hududda start olgan “Ma’naviyat festivali”ning ilk kuni qanday oʻtdi?


Saqlash
03:39 / 11.07.2024 774 0

Qoraqalpogʻistonda “Maʼnaviyat festivali” Amudaryo koʻprigidan boshlandi

 

Qoraqalpogʻistondagi tadbir Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilib, joriy yilning 29-fevral kuni foydalanishga topshirilgan Amudaryo koʻprigidan boshlandi.

 

 

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika mahallalar uyushmasi bilan hamkorlikda tashkillashtirgan “Maʼnaviyat festivali” shu yerdan start oldi.

 

 

Koʻprik ramziy maʼnoga ham ega: u sohilni sohil bilan, tilni dil bilan bogʻlaydigan vosita sifatida alohida oʻringa ega, deydi professor, Maʼrifat targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Rahimboy Jumaniyozov.

 

 

“Maʼnaviyat festivali”ning “Milliy birdamlik” loyihasi doirasida Boy ovul MFYda koʻngilochar tadbir dasturi oʻtkazildi. Unda xalqimiz sevgan aktyor, yozuvchi va xonandalar oʻz ijod mahsullari bilan davra ahlini xushnud qildi. Tomoshabinlar raqsga tushib, ijodkorlar bilan esdalik suratlarini kadrga muhrladi.