Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 9-avgust kuni yapon tomonining tashabbusi bilan Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kishida bilan telefon orqali muloqot qildi.
Shavkat Mirziyoyev suhbat davomida Yaponiyaning janubi-sharqida kuchli zilzila roʻy bergani va sunami kutilayotganidan xavotir bildirgan.
Oʻzbekiston Yaponiya tomonining “Markaziy Osiyo + Yaponiya” birinchi sammitini oʻtkazish va Bosh vazir Kishidaning joriy yil 10–11-avgust kunlariga rejalashtirilgan Oʻzbekistonga rasmiy tashrifi muddatlarini koʻchirish toʻgʻrisidagi qarorini toʻliq tushunishini taʼkidlagan.
Xabarga koʻra, ikkala davlat yetakchilari tayyorgarlik tadbirlarini davom ettirish va tashrifni tashkil etishning yangi muddatlarini diplomatik kanallar orqali kelishishga ahdlashib olgan.
Oldinroq Yaponiya Bosh vaziri Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Moʻgʻulistonga rejalashtirilgan toʻrt kunlik safarini bekor qilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q