Bu yil 189 balldan yuqori toʻplagan abituriyentlar soni qancha?

Saqlash
16:27 / 09.08.2024 18615 0

2024/2025-oʻquv yili uchun oʻtkazilgan test sinovlarida 740 ming 352 nafar abituriyent ishtirok etganidan xabaringiz bor.

 

Keyinchalik maʼlum qilinishicha, ularning qariyb yarmi, yaʼni 345 ming nafari 56,7 ball ham toʻplay olmagan. Aynan shu sababli ham OTMga kirishda minimal oʻtish ballari oʻzgarmay qoldi.

 

Taʼkidlanishicha, bu yil 210 nafar abituriyent 189 va undan yuqori ball toʻplagan. Bu esa imtihonga kirgan umumiy abituriyentlar sonining 0,03 foiziga toʻgʻri keladi.

 

189 dan yuqori ball toʻplagan 91 nafar abituriyent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi bitiruvchilari boʻlgan. Eng yuqori – 217,4 ballni ham mazkur taʼlim dargohi bitiruvchisi olgan. Bunda uning asosiy fanlari tarix va chet tili boʻlgan.

 

Oʻtgan yil bilan solishtirilganda, bu yil 189 va undan yuqori ball toʻplaganlar 11 nafarga koʻp (2023 yilda 119 nafar).

 

Quyida 189 va undan yuqori ball toʻplagan 210 nafar abituriyentning asosiy fanlari taqsimoti keltirilgan:

▪️ 77 nafar – asosiy fanlar: tarix va chet tili;

▪️ 43 nafar – asosiy fanlar: biologiya va kimyo;

▪️ 40 nafar – asosiy fanlar: ona tili va adabiyot hamda ingliz tili;

▪️ 21 nafar – asosiy fanlar: davlat huquq asoslari va chet tili.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//