Jamiyat
2024/2025-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlarida minimal oʻtish bali oʻzgarishsiz qoldi. Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan respublika oliy taʼlim muassasalariga:
▪️ davlat granti boʻyicha minimal oʻtish bali – 68,0 ball (maksimal 189 ballning 36 foiz);
▪️ toʻlov-kontrakt boʻyicha minimal oʻtish bali – 56,7 ball (maksimal 189 ballning 30 foiz) etib belgilandi.
Maʼlumot uchun, 2024/2025 oʻquv yili uchun oʻtish ballari quyidagicha belgilanishi lozim edi:
➖ sogʻliqni saqlash, huquq, biznes va boshqaruv yoʻnalishlari uchun – 75,6 ball;
➖ boshqa yoʻnalishlar uchun – 66,5 ball.
Maʼlumotlarga koʻra, joriy yil 345 ming nafar abituriyent 56,7 ball ham toʻplay olmagan. Bu raqamlar oʻqishga topshirganlarning 46,9 foizini tashkil qiladi.
Yaʼni, bu yil 737 ming 351 nafar abituriyent testga kirgan boʻlsa, shundan qariyb yarimi 2024/2025-oʻquv yili uchun belgilanishi lozim boʻlgan oʻtish ballini ham yigʻa olmagan.
Eng yomon koʻrsatgichlar Sirdaryo viloyatiga (51,8 foiz) toʻgʻri kelgan boʻlib, nisbatan yaxshiroq natija doimgidek Toshkent shahrida (35,9 foiz) qayd etilgan.
Taʼkidlanishicha, oʻtgan yili 8 ta hududda abituriyentlarning 50 foizdan koʻprogʻi 56,7 balldan past ball olgan. Joriy yilda esa bunday hududlarning soni 4 taga tushgan. Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyati oʻtgan yilgi natijasini yaxshilab, 50 foizdan pastki chiziqqa oʻta olgan.
Ammo bu yil viloyatlarning barchasida nisbatan yaxshilanish kuzatilgan.
Oʻtish baliga keladigan boʻlsak, 56,7 ball – bu toʻplash mumkin boʻlgan eng yuqori 189 balning 30 foizi hisoblanadi. Agar bu ball reyting tizimi bilan qiyoslansa, 2 yoki 1 bahoga teng boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q