Prezident qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi

Saqlash
19:35 / 05.08.2024 301 0

Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat taʼtilidan qaytdi.

 

Joriy haftada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ijtimoiy-iqtisodiy kun tartibidagi muhim masalalar yuzasidan yigʻilishlar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.

 

Xabarga koʻra, hafta davomida Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻlishi, Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida hamda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” formatidagi sammitda ishtirok etishi rejalashtirilgan.

 

Hafta yakunida esa Yaponiya Bosh vaziri Fumio Kisida rasmiy tashrif bilan yurtimizga kelishi kutilmoqda.

 

Oldinroq Prezident qisqa muddatli mehnat taʼtiliga chiqqani xabar qilingan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//