Shavkat Mirziyoyev Qozogʻistonga boradi

Saqlash
16:48 / 31.07.2024 422 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti joriy yilning 7–8-avgust kunlari davlat tashrifi bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻladi. Bu haqida Qozogʻiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

 

Shu kunlari, yaʼni 7-avgust kuni Ostona shahrida “Qozogʻiston–Oʻzbekiston” biznes-forumi oʻtkazilishi ham rejalashtirilgan.

 

Bu haqda Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi xabar berdi.

 

“Tadbirdan koʻzlangan maqsad – Qozogʻiston korxonalari va potensial xaridorlar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalarni oʻrnatish va savdo aloqalarini faollashtirish, ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazish”, deyiladi xabarda.

 

9-avgust kuni esa Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining oltinchi maslahat uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//