Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani hokimi Fayzulla Yusupov fuqaroga qoʻl koʻtargani tasvirlangan video tarqaldi. Mazkur holat voqea sodir boʻlgan hududdagi kuzatuv kameralariga tushib qolgan.
Maʼlum boʻlishicha, tuman hokimi avvaliga tandirni tepgan va soʻngra IIB xodimlari yonida turgan fuqaroga tarsaki tushirgan. Holat boʻyicha boshqa maʼlumot yoʻq.
“Daryo”ning maʼlum qilishicha, hokimiyat masʼul xodimi Sobit Abdunaimov holat boʻyicha aniq maʼlumot yoʻqligini aytgan.
“Holat haqida bizda ham aniq maʼlumot yoʻq. Ayni paytda yigʻilish boʻlyapti. Hokim bilan muloqot qilib, voqeaga aniqlik kiritib beramiz”, deya javob bergan masʼul.
Oldinroq Andijon viloyati hokimining “Qoʻllaringdan balo ham kelmaydi” deya taʼkidlagan videosi keng muhokamalarga sabab boʻlayotgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q