Jamiyat
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzovaning maʼlum qilishicha, yoʻnalishlarni belgilangan muddatgacha tanlamagan abituriyentlar oliygohlarga qabul qilinmaydi.
Ayni kunlarda oliy taʼlim muassasalarini tanlash jarayoni davom etayotgan boʻlib, abituriyentlar my.uzbmb.uz portali orqali 10 avgustga qadar (shu kuni ham) oliy taʼlim muassasalari yoʻnalishlarini tanlashlari talab etiladi.
Tanlov jarayonida abituriyentlar beshtagacha oliy taʼlim muassasasi, taʼlim yoʻnalishlari va shakllari hamda tanlov ustuvorligini belgilashi lozim.
Agar abituriyent ustuvorlik sifatida “Davlat granti”ni tanlasa, u dastlab davlat granti uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida, tanlagan taʼlim yoʻnalishlarining qatʼiy ketma-ketligi asosida toʻplagan bali boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Abituriyent davlat grantiga talabalikka tavsiya etilmagan taqdirda, yuqoridagi tartib boʻyicha toʻlov-kontrakt uchun ajratilgan qabul parametrlari doirasida tanlovda qatnashadi. Yaʼni, abituriyentning bali avval davlat granti boʻyicha koʻrib chiqiladi, hech biriga tavsiya etilmagan taqdirda, toʻlov-kontrakt boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Shuningdek, abituriyentlar agar maqsadli qabul mavjud boʻlsa, unga rozi yoki yoʻqligi hamda taʼlim shakllarini tanlashi lozim. Bunda kamida 1 ta taʼlim yoʻnalishini tanlash majburiy, qolgan taʼlim yoʻnalishlarini tanlash esa ixtiyoriydir.
Maʼlumot uchun, 10 avgustga qadar abituriyentlar my.uzbmb.uz portalidagi shaxsiy kabinetlarida kiritgan tanlovlarini tahrir qilishi ham mumkin.
Oldinroq talabalar turar joyi uchun arizalarni qabul qilish jarayonlari boshlangani xabar qilingan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q