Jamiyat
Foto: Gazeta.uz
1-avgustdan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi.
Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin.
Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi.
Shundan soʻng, umumiy roʻyxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan oʻrinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi:
▪️ 1-kurs talabalari uchun — 55 – 65 foiz;
▪️ 2-kurs talabalari uchun — 15 – 20 foiz;
▪️ 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun — 20 – 25 foizgacha ajratiladi.
Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.
Maʼlumot uchun, 2024/2025-oʻquv yilida OTM 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan soʻng ariza yuborishlari mumkin boʻladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112368
Jamiyat
95033
Jamiyat
91228
Jamiyat
75939
Jamiyat
//
Izoh yo‘q