Jamiyat
Singlisiga sevgi izhor qilgan yigitni samosud qilgan aka 1 yil-u 6 oyga qamaldi.
Xabaringiz bor, joriy yilning 15-may sanasida Pastdargʻom tumanida 2009-yilda tugʻilgan B.S. (oʻgʻil bola) tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. 16-may kuni esa bolaning onasi tuman IIBga murojaat qilgan.
Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, A.Q.(erkak)ning jabrlanuvchi B.S.ga tan jarohati yetkazishiga sabab oʻsmir uning singlisiga sevgi izhor qilgani boʻlgan.
Yaʼni, 20-maktabning 9-sinfi oʻquvchisi boʻlgan B.S. shu maktabning 6-sinfida oʻqiydigan Q.A. (qiz) ga sevishini aytgan. Keyin qizning akasi A.Q. holatdan xabar topib, B.S. ni oʻz uyining ichki tomoniga olib kirgan hamda unga tan jarohati yetkazgan.
Shundan soʻng Mazkur harakatni sodir etgan A.Q.ga Pastdargʻom tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Xabarga koʻra, shu yilning 29-iyul kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Pastdargʻom tuman sudida ushbu jinoiy ishning sud muhokamasi boʻlib oʻtgan.
Yakunda A.Q. aybdor deb topilgan va unga 1 yil-u 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q