“Samosud” qilingan oʻquvchi boʻyicha Bolalar ombudsmani maʼlumot berdi

Saqlash
17:54 / 20.05.2024 1434 0

Xabarga koʻra, bola hazillashgan qiz uning sinfdoshi emas, oʻzidan 3 sinf pastda oʻqiydigan oʻquvchi qiz boʻlgan.

 

Bolalar ombudsmani mazkur holatni oʻrganib, oʻz kuzatuviga olganini maʼlum qildi.

 

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, voqea joriy yilning 15-may kuni Pastdargʻom tumanida sodir boʻlgan.

 

16-may kuni tuman IIBga 2009-yilda tugʻilgan B.S. ning (oʻgʻil bola) tan jarohati olganligi boʻyicha xabar bilan uning onasi J.I. murojaat qilgan.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida aniqlanishicha, voyaga yetmagan B.S. 20-maktabning 9-sinfida taʼlim olishi, u shu maktabning 6-sinf oʻquvchisi Q.A. (qiz) ga sevishini aytganligi, soʻng Q.A. ning akasi, A.Q. holatdan xabar topib, 15-may kuni B.S. ni oʻz uyining ichki tomoniga olib kirib, unga tan jarohati yetkazgan.

 

Shuningdek, A.Q. goʻyoki uning taʼzirini berish maqsadida B.S. ning sochi va qoshini qaychi bilan qirqib, uyidan chiqarib yuborgan.

 

Mazkur voqea yuzasidan 19-may kuni Pastdargʻom tumani IIB TB tomonidan JKning 105-moddasi 1-qismi (Qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

 

“Tergov davomida voyaga yetmagan B.S. ga nisbatan sodir etilgan boshqa gʻayriqonuniy harakatlarga huquqiy baho berilmoqda”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.

 

Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati boshligʻining xabariga koʻra, holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “g”,“m” bandiga qayta malakalanib, gumonlanuvchi himoyachi huquqi bilan taʼminlanib, jinoyat-prosessual kodeksining 227-moddasi tartibda ushlangan.

 

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//