“Orient Finans Bank”ka nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Saqlash
16:22 / 29.07.2024 578 0

“Orient Finans Bank”ka nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi.

 

Maʼlum boʻlishicha, bunga bankning Termiz filiali tomonidan reklama qonunchiligi buzilgani sabab boʻlgan.

 

Xabarga koʻra, Termiz shahri “Hakim at-Termiziy” koʻchasidagi bank ofisi reklama vositalarini oʻrnatish huquqini beruvchi hujjatlari boʻlmay turib, bank oldida tashqi reklamalarni joylashtirgan. Yaʼni, ofisning reklama joylashtirish huquqini taʼminlovchi pasport, guvohnoma, ruxsatnoma va huquqni belgilovchi boshqa hujjatlari boʻlmagan.

 

Bundan tashqari, filial ish faoliyati davomida reklama axborotini tarqatish boʻyicha mahalliy hokimliklar bilan belgilangan tartibda shartnomalar imzolanmasdan kelgan.

 

Shu hisobda, filial “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 24- va 25-moddalari hamda Vazirlar Mahkamasining “Tashqi reklama bozorini tartibga solish toʻgʻrisida”gi 104-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablarini buzgani aniqlangan.

 

Yakunda “Orient Finans” XATB Termiz filialiga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilib, natijasi boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllanilgan.

 

Oldinroq “Ipoteka bank”ka nisbatan ish qoʻzgʻatilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//