“Ipoteka bank”ka nisbatan ish qoʻzgʻatildi

Saqlash
15:43 / 10.07.2024 1919 0

Raqobat qoʻmitasi “Ipoteka bank”ni ijtimoiy tarmoqda omonat mahsulotini notoʻgʻri reklama qilganlikda aybladi.

 

Maʼlum boʻlishicha, bank Instagram'da yillik foiz stavkasi 26 foiz boʻlgan “Super” nomli omonat turi haqida reklama tarqatgan.

 

Qoʻmita mazkur reklama materialida omonatning muhim shartlari ochib berilmaganidan shikoyat qilgan.

 

Yaʼni, Ushbu omonat turi shartlariga muvofiq, mijozlardan kassa orqali depozitga qabul qilingan naqd pul mablagʻlari boʻyicha dastlabki 3 oy uchun 26 foizdan va keyingi uch oy uchun 14 foizdan hisoblanishi, xuddi shuningdek, onlayn qabul qilingan depozit pul mablagʻlari boʻyicha esa mos ravishda 26,09 va 14 foizdan hisoblanishi aniqlangan.

 

Xabarga koʻra, bank bular haqida maʼlum qilmagan.

 

“Reklamaning bunday koʻrinishda boʻlishi reklamadan foydalanuvchilarni chalgʻituvchi yoki chalgʻitishga olib keluvchi holatni ifodalashi mumkin”, deyiladi qoʻmita xabarida.

 

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, yakunda “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonunning 16-, 43-moddalari hamda “Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi talablari buzilishi alomatlari bilan “Ipoteka bank”ga nisbatan ish qoʻzgʻatilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//